«Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va ularning oila aʼzolarini katta ehtirom bilan kutib oldik.

Mamlakatlarimiz oʻzgacha birodarlik rishtalari bilan bogʻlangan. Bu iliqlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarimizning bir-biriga cheksiz mehr-oqibatida doim sezilib turadi. Tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha - koʻplab sohalardagi yangi qoʻshma loyihalar koʻrinishida yanada boyimoqda.

Ushbu tashrif koʻp qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi. Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi va nazarimda, ushbu hujjatning nomiyoq bugun Oʻzbekiston hamda Ozarboyjonni bogʻlab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalaydi.

Ozarboyjonlik doʻstlarimizni Oʻzbekistonda koʻrishdan har doim xursandmiz. Hamisha bagʻrini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.