Bu haqda taşqi işlar vaziri 25 iyul kuniga ötar keçasi X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, amaldagi prezident vazifasini bajaruvçi Delsi Rodriges topşiriği bilan Venesuela Rim statutini bekor qiliş va uning 127-moddasiga muvofiq Xalqaro jinoiy suddan töliq çiqiş jarayonini boşlaş haqida BMTga rasmiy bildirişnoma yuborgan.

Karakas XJSni «geografik biryoqlamalik»da aybladi

Feliks Plasensiyaning ta’kidlaşiça, Venesuela Xalqaro jinoiy sud faoliyatida oçiq-oydin «geografik biryoqlamalik»ni körmoqda.

Uning fikriça, sud öz faoliyatini asosan Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga qaratgan, bu esa global janub davlatlari manfaatlariga zarar yetkazmoqda.

Vazirning ta’kidlaşiça, bunday amaliyot xalqaro adolat tizimi haqiqiy xolislikdan yiroq ekanini körsatadi hamda davlatlar örtasidagi tengsizlikni kuçaytiriş, xalqlarning suvereniteti va öz taqdirini özi belgilaş huquqini e’tiborsiz qoldirişga xizmat qilmoqda.

«Biz suverenitet va xalqlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqini hurmat qiladigan haqiqiy adolatga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», - dedi Plasensiya.

Venesuela Xalqaro jinoyat sudining ta’sis hujjati hisoblangan Rim statutini 1998 yilda imzolagan va 2000 yilda ratifikatsiya qilgan.

XJSda prokuror almaşinuvi

Venesuelaning bayonoti Xalqaro jinoiy sudda muhim kadrlar özgarişi ortidan yangradi.

Avvalroq XJSga a’zo 125 davlatdan 82 tasi sud boş prokurori Karim Xonning iste’fosini ma’qullagan edi.

Yiğiliş Nyu-York şahrida bölib ötdi. AQŞ Rim statuti iştirokçisi emas va avval XJSning ayrim xodimlariga qarşi sanksiyalar ham joriy etgan.

Karim Xon yiğilişda iştirok eta olmadi, çunki AQŞ sanksiyalari unga mamlakat hududiga kirişni taqiqlaydi.

56 yoşli britaniyalik huquqşunos Karim Xon bir yildan ortiq vaqt avval öziga nisbatan jinsiy tegajoğlik haqidagi ayblovlar ortidan vakolatlarini vaqtinça topşirgan edi. U bu ayblovlarni rad etib, tergov bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan.