Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazoviç Otabekov tayinlandi. 

Unga mazkur institut ilmiy darajasi va aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş, yuqumli kasalliklar sohasidagi diagnostika, davolaş va profilaktika işlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etiş, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bölgan talabni qondiriş vazifasi yuklatildi. Bundan taşqari, u yuqumli kasalliklar sohasida yetakçi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni keng qöllaş, tizimda axborotlarning faol almaşinuvini ta'minlaş singari vazifalarga ham mas'ul etib belgilandi.

N.Otabekov ilgari respublika OITSga qarşi kuraş markazi direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.