Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov oliy ta'lim muassasalarida ötkazilgan test sinovlarining oltinçi kuni natijalari böyiça ma'lumot berdi.
Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 16 ta oliy ta'lim muassasalarining 58 ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.
Test sinovlarida 57 832 nafar abituriyent iştirok etdi.
Test sinovlariga 1 602 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 79 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi. Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 2 394 nafar öqituvçilar jalb etildi.
Davlat granti böyiça eng yuqori ötiş bali: 208,2 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudentsiya» (özbek) ta'lim yönalişi;
Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş bali: 150,6 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudentsiya» (qoraqalpoq) ta'lim yönalişi.
Örtaça ötiş bali:
davlat granti – 112,6 ball;
tölov-kontrakt – 86,4 ball.
Test sinovlari natijalari Davlat test markazining saytida 2018 yil 7 avgust kuni soat 19.10 da e'lon qilindi.














