Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Azim Isroiloviç Axmedxöjayev lavozimidan ozod qilindi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, endilikda vazirlikni Özbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligining sobiq direktori Şuhrat Sodiqov boşqaradi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, Azim Axmedxöjayev endi Loyiha boşqaruvi milliy agentligida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça kurator bölgan.

Foto: Azim Axmedxöjayev

2017-2018 yillarda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasini boşqargan Axmedxöjayev 2018 yilning fevralida Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Şuhrat Sodiqov 2010 yildan Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri bölib işlagan. Undan avval — 2008−2010 yillarda esa «Özbektelekom» kompaniyasi direktori, 2006−2008 yillarda boş direktor örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Foto: Şuhrat Sodiqov / infocom.uz

U 2017 yil avgustida Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Eslatib ötamiz, 8 avgust kuni «Özbektelekom» rahbari Farhod Röziyev işdan olingan va kompaniya tijoriy direktori etib tayinlangandi. Röziyevning örniga 2016—2018 yillarda ham şu kompaniyani boşqargan Şuhrat Sodiqov «Özbektelekom» rahbari etib tayinlangandi.