Jamiyatda ta'lim mavzusi har doim dolzarb bölib kelgan, ayniqsa, ta'lim sohasida uni yanada sifatli va innovatsion bölişga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oşirilayotgan hozirgi paytda. «Maktab» ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan obekt, bu yerda bolalarni öqitiş va tarbiyalaş jarayoni amalga oşirilmoqda. Şu sababli, xalq ta'limi mavzusi ota-onalarda doimo qiziqiş uyğotadi. Sönggi vaqtlarda ota-onalar öz farzandlarini xususiy maktabga berişga intilayotgani köp eşitilmoqda, ular bunga sifatliroq ta'lim va qulay şaroitlar bilan izoh berişmoqda. Biroq, boşqa tomondan, moliyaviy jihat haqidagi masala ham şakllanmoqda. Axir xususiy sektorda ta'lim oliş uçun pul tölaş kerak.

Uşbu omillarni hisobga olgan holda, nodavlat ta'lim muassasalarida (NTM) ta'limning barça ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilamiz.

Ta'lim sifati. Ta'kidlaş joizki, NTM xuddi davlat maktablari kabi davlat ta'lim standartlari (davlat talablari), öquv rejalari va öquv dasturlariga muvofiq davlat ta'lim normalari şaklida faoliyat yuritadi. Şu bilan birga, samaradorlikni oşiriş uçun xalqaro eng yaxşi amaliyotlardan foydalaniş mumkin. Bunday maktabni qanday topiş mumkin? Agar muassasa nomida «International» sözi işlatilsa, unda siz bu yerda çet ellik mutaxassislar işlaşi yoki xalqaro ta'lim tajribasi qöllanilişiga amin bölişingiz mumkin. Uşbu şakl, albatta, ta'lim oluvçilar uçun plyus böladi. Ammo, bu NTMda ta'lim davlat maktablariga qaraganda yaxşiroq bölişini kafolatlamaydi. Şuni tuşuniş kerakki, ta'limda muassasa şakli emas, balki pedagog katta rol öynaydi.

Qulaylik. Bu yerda ota-onalar uçun ham, talabalar uçun ham ikkita qulaylik darajasini ajratiş mumkin. Deyarli 24 soat davomida işlaydigan ota-onalar uçun NTM «najot» böladi. Muassasalarning işlaş tartibi örtaça 08.00dan 18.00gaça. Bola kun böyi pedagoglar nazoratida böladi, bilim oladi, tögaraklarga qatnaydi, uy vazifalarini bajaradi, kuniga örtaça uç mahal ovqatlanadi. Boşqa tomondan, bunday rejim bolaga katta psixologik yuk bölib tuşadi. U hamma narsani qilişga va rejim doirasida ulgurişga majbur. Öquvçi «şaxsiy vaqt» va «şaxsiy makon»da juda çeklangan böladi.

Maktab jihozlari. Bu masalada NTMning ustunligi bor. Xususiy sektorda moddiy bazaning imkoniyatlari ança kengroq, şuning uçun yaxşi jihozlangan xonalar, zamonaviy texnologiyalar va texnikadan foydalaniş ilğor, sifatli ta'lim bilan birga keçadi. Biroq bu omil barça xususiy maktablarda mavjud emas. Jihozlaniş kölamini qanday aniqlaş mumkin? Juda oddiy. NTMdagi oylik tölov miqdoriga e'tibor bering. Pul qançalik yuqori bölsa, maktab şunça köproq jihozlangan böladi. Biznes bu baribir biznes.

Bolaning ta'lim olişi va özlaştirişi. Bu maktab şakliga unça boğliq bölmagan omil. Biroq, ba'zi ota-onalarning fikriça, xususiy maktabda baholar faqat ijobiy bölişi kerak. Şuni tuşuniş kerakki, ta'limdagi muvaffaqiyat maktab nomi va ota-onaning puliga emas, balki öquvçi hamda pedagogning öziga boğliq. Agar bola davlat maktabidan NTMga ötkazilsa, bu uning natijalari yaxşilanişiga kafolat bermaydi. Uşbu holatda şu narsa plyus böladiki, xususiy maktab sinflarida örtaça 15-20 nafar bola ta'lim oladi. Bu öqituvçiga sinfdagi har bir bolaga e'tibor beriş imkonini yaratadi. Uning xususiyatlari va qobiliyatlarini payqaşda ham.

Xavfsizlik. Bu NTMdagi eng ijobiy jihat. Xususiy maktab - qöriqlaş ostida bölgan yopiq hudud. Aksariyat NTM videokuzatuv tizimlaridan foydalanadi. Xususiy maktablar son jihatidan davlatniki bilan taqqoslaganda unça katta bölmagani sababli, bu qöriqlaş xizmatiga har bir bola va uning ota-onasini şaxsan taniş imkonini beradi. Hududga begonalar kira olmaydi.

Moliya. Şuni ta'kidlaş kerakki, NTMda öqitiş baribir çöntakka ança qimmatga tuşadi. Xususiy sektorda öqitişning qiymati jihozlar va muassasaning maşhurligiga qarab belgilanadi. Innovatsion va yaxşi jihozlangan maktabda ta'lim narxi örtaça oyiga 2 milliondan 3 million sömgaça böladi. Mamlakatdagi örtaça iş haqi hisobga olinsa, bunday maktablar köpçilik uçun ança qimmatlik tuğdiradi.

NTMda bepul ta'lim oliş imkoniyati bormi? Bor! Ijtimoiy qöllab-quvvatlovga muhtoj oilalarning iste'dodli va iqtidorli bolalari uçun NTMda bepul ta'lim oliş imkoniyati mavjud. Bunday bolalar tanlov asosida va jami öquvçilar umumiy sonining 10 foizidan kam bölmagan çegarada olinadi.

Albatta, muassasani tanlaş ota-onalar ixtiyorida, lekin öquvçining xohiş-istaklari haqida unutiş kerak emas. Maktabda siz emas, balki farzandingiz öqiydi! Maktab binosi, jihozlar va maşhur nomga e'tibor berib, inson omili haqida ham unutmang.

Nataşa Kuçeryavaya