Venesuela Içki işlar vazirligi rahbari Nestor Reverolning tvitterda ma'lum qilişiça, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyuştirişda gumon qilinganlarning soni 25 kişini taşkil etmoqda.

Uning sözlariga köra, bugungi kunga kelib politsiya tomonidan sakkiz nafar gumonlanuvçi uşlangan.

Avvalroq, Venesuelada Maduroga qilingan suiqasd işi böyiça ikki nafar deputat daxlsizlikdan mahrum bölganligi xabar qilingandi.

Ta'kidlanişiça, Venesuela milliy ta'sis yiğilişi özining maxsus majlisida parlamentdagi muxolifat deputatlari Xulio Borxes va Xuan Rekesensni parlamentlik daxlsizligidan mahrum qildi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Venesuela AQŞga suiqasd böyiça iş yuzasidan talab qöygandi.