Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi qarori bilan joriy yilning 6 sentabridan 10 sentabriga qadar Şahrisabzda birinçi marta Xalqaro Maqom san'ati forumi ötkaziladi.
Tadbirda taniqli xorijiy musiqaşunos-olimlar va maqom san'ati tadqiqotçilari, şuningdek Özbekistonning maşhur xonandalari va şu soha yetakçi mutaxassislarining iştiroki kutilmoqda. Forum kunlari Şahrisabzga dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafarga yaqin iştirokçi va mehmonlar taşrif buyurişadi. Tadbirni munosib ötkaziş maqsadida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi taşkiliy işlar va xorijlik mehmonlarga xizmat körsatuvçi xodimlarni tayyorlaşda faol iştirok etmoqda.
Xalqaro Maqom san'ati forumiga tayyorgarlik doirasida şaharning turistik infratuzilmasini tayyorlaş, forum iştirokçilari va mehmonlari uçun xalqaro standartlar darajasida sifatli xizmat körsatişni ta'minlaş böyiça maqsadli işlar olib borilmoqda.
Forum iştirokçilariga qulaylik yaratiş maqsadida Şahrisabzning tarixiy markazida "Ma'lumotlar markazlari" faoliyati taşkil qilindi. Iştirokçi va mehmonlar nafaqat forum haqidagi, balki sayyohlik punktlari, mehmonxonalar, restoranlar va boşqa köngiloçar majmualar haqida ma'lumot olişlari mumkin.
Asosiy tadbirdan taşqari, mehmonlar va iştirokçilar vaqtini çoğ ötkazişni ta'minlaş maqsadida Özbekiston Oşpazlar uyuşmasi tomonidan milliy taomlarni tayyorlaşga doir mahorat darslari ötkaziladi. "Çorsu" san'at galereyasida milliy liboslar namoyişi bölib ötadi. Özbekiston Aeronavtika federatsiyasi aerostatlarda parvozlarni amalga oşiradi.












