Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari böyiça kamaytiriş tartibi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, nizomga muvofiq soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytirilişi joriy etildi:
100 million sömgaça – xöjalik yurituvçi sub'yektlarning 2020 yilning 1 yanvariga qadar zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklaş, kapital ta'mirlaş va qurişga yönaltirilgan xarajatlari (bir martalik yoki qismlarga bölingan holda;
12 million sömgaça – har yili 2025 yilning 1 yanvariga qadar (har yili) xöjalik yurituvçi sub'yektlarning sanitariya-gigiyena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi obektlarini saqlaşga yönaltirilgan xarajatlari.
Şuningdek, 100 million sömgaça imtiyozga ega böliş uçun soliq tölovçi Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining xulosasini olişi lozim.
2020 yil 1 fevralgaça Markazning xulosasi olinmagan taqdirda, soliq tölovçining uşbu obektning tegişli qismiga nisbatan soliq solinadigan bazasini kamaytirişga bölgan imtiyoz bekor qilinadi.












