Turkiyaning «Gulspor» klubi yoşlar tarkibidagi 18 nafar futbolçini sotib yubordi va olingan pullarga 10 boş eçki sotib oldi. Bu haqda Tribune Dergi Twitter-akkauntida xabar qilinadi.

Manba ma'lumotiga köra, jamoa rahbariyati sut sotişdan taxminan beş ming turk lirasi (727,8 yevro) olişni rejalaştirmoqda. Ta'kidlanişiça, barça mablağlar klubning birinçi navbatdagi ehtiyojlariga yönaltiriladi.
«Gulspor» prezidenti Kenan Buklebebning CNN’ga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, bu holatda jamoaning manfaatlarini közlagan. «Bizda köproq daromad böladi. Biz jamoaning manfaatlari yölida harakat qildik, şuningdek, mamlakatimiz işlab çiqarişiga hissa qöşdik», - deya qayd etib ötdi u.

18 futbolçi klubning byudjyetiga 15 ming lira (taxminan 2,2 ming yevro) olib keldi. «Gulspor» Turkiyaning quyi divizionlarida öynaydi.







