Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent şahrida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş böyiça huquqiy eksperiment töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar tegişliça Toşkent şahar va tumanlar hokimlari böysunuviga hamda Toşkent şahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga ötkazildi:
Toşkent şahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantiriş boş boşqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantiriş bölimlari;
Toşkent şahar hokimligi moliya boş boşqarmasi va tuman hokimliklarining moliya bölimlari;
Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi va tumanlar quriliş bölimlari;
Toşkent şahar uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi va tumanlar uy-joy kommunal xizmat körsatiş bölimlari;
Investitsiyalar böyiça davlat qömitasining Toşkent şahri böyiça hududiy boşqarmasi va investitsiyalar böyiça tuman bölimlari.
Toşkent şahrida davlat boşqaruvi organlari işini taşkil etişning quyidagi tartibi örnatiladi:
a) respublika davlat boşqaruvi organlari:
tegişli sohalarda yagona davlat siyosatini;
davlat boşqaruvi hududiy organlari faoliyatini uslubiy ta'minlaş va muvofiqlaştirişni;
tegişli tuzilmalarni malakali kadrlar bilan ta'minlaşga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini amalga oşiradi;
b) Toşkent şahar va tumanlar hokimlari Toşkent şahri va tumanlardagi hududiy davlat boşqaruvi organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oşiradi, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilişini taşkil etadi;
v) Toşkent şahridagi hududiy davlat boşqaruvi organlari Toşkent şahar hokimiga böysunadi va öz faoliyati töğrisida tegişli respublika davlat boşqaruvi organiga hisobot beradi;
g) Toşkent şahri tumanlaridagi hududiy davlat boşqaruvi organlari tuman hokimiga böysunadi va öz faoliyati töğrisida Toşkent şahridagi tegişli hududiy davlat boşqaruvi organiga hisobot beradi.












