Bugun, 28 avgust kuni Milliy matbuot markazida Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi va OAV vakillari iştirokida bölib ötgan uçraşuvda 2018-2019 öquv yilida oliy ta'lim tizimiga joriy etilgan yangiliklar va huquqiy-me'yoriy hujjatlarga kiritilayotgan özgartirişlar haqida ma'lumot berildi.
Jumladan, 2018-2019 öquv yili uçun belgilangan 82900 nafar örniga 69516 nafar abituriyent talabalar safiga qöşilgan. Uşbu vaziyatga Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov izoh bergan.

«2018-2019 öquv yili uçun respublika Oliy ta'lim muassasalariga jami 679 979 nafar abituriyent hujjat topşirgan (ötgan yili 729 947 nafar). 13 kun davomida ötkazilgan test sinovlarida 69 516 nafar abituriyent qabul qilindi. Ammo biz 82 900ta qabul kvotasini joriy etgandik. Texnika yönalişlariga hujjat topşirgan abituriyentlar eng yuqori ballning 30 foizini (56.7 ball) ham töplay olişmagan. Natijada, respublika böyiça ajratilgan qabul kvotalarining 13 mingdan ortiği böş qoldi», deya boşqarma boşliği sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Eslatib ötamiz, respublika OTMlariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining 5-son bayoni bilan test sinovlarida kiriş uçun yetarli ball töplay olmagan, biroq eng maksimal ballning 30 foizini töplagan abituriyentlarga oliy ta'lim oliş imkonini beriş maqsadida 276ta yönalişda jami 11 xil miqdorda oşirilgan tölov-kontrakt miqdori tasdiqlandi.











