Poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 sömdan 7000 sömgaça sotilayotgan bölsa, "Qöyliq" dehqon bozoridan uşbu mahsulotni 2000 sömdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 sömdan xarid qiliş mumkin.
Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qişloq xöjalik) mahsulotlar narxlarini örganişni davom etadi, deb yozmoqda ÖzA.
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarining 2018 yil 26 avgust holatidagi narxlari.
Mol göşti
26 000 sömdan 42 000 sömgaça

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol göşti 26 ming sömdan 42 ming sömgaça bölgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar ötgan haftalarda kuzatilganidek, Qoraqalpoğiston Respublikasi bozorlarida uçratiş mumkin – 26 ming söm.
Nukus şahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol göşti 26-40 ming söm. Ötgan haftada uşbu bozorda 1 kg. mol göşti 26-39,5 ming sömdan sotilayotgani kuzatilgandi.
Toşkent şahrining "Farhod", "Mirobod", "Yunusobod", "Çorsu", "Qöyliq" dehqon bozorlarida 1 kg. mol göşti 28 ming sömdan 40 ming sömgaça sotilmoqda. Ötgan haftada eng qimmat narxlardagi mol göşti faqat "Qöyliq" bozorida (43 ming söm) sotilgan bölsa, bu haftada uşbu bozorda göşt narxi ança arzonlaşganini kuzatiş mumkin – 28-38 ming söm.
"Mirobod" bozorida – 28-37 ming, "Yunusobod" bozorida 28-36 ming, "Farhod" bozorida 28-40 ming, "Çorsu" bozorida 28-38 ming sömgaçaga sotilmoqda.
Qöy göşti
31 000 sömdan 43 000 sömgaça

Eng arzon narxlardagi qöy göşti – poytaxtning "Mirobod", "Çorsu" bozorlarida – 28 ming söm. Eng qimmati ham Toşkent şahar bozorida – 1 kg. qöy göşti “Farhod” bozorida 43 ming söm.
Tovuq göşti
11 000 sömdan 19 000 sömgaça

Eng arzon tovuq göşti Urganç şahar Markaziy dehqon bozorida – 11 ming söm. Eng qimmat narxda uşbu mahsulot Farğona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 19 ming söm. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq göşti örtaça 14-16 ming sömdan iste'molçilarga yetkazib berilmoqda.
Guruç
4 000 sömdan 13 000 sömgaça

Respublika bozorlarida guruçni 4-13 ming sömgaça uçratiş mumkin. "Qöyliq" dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruç bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming söm. Eng arzon guruç Termiz şahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 söm. "Qöyliq" dehqon bozoridagi 13 ming sömlik guruç uşbu bozorda 11 ming sömdan sotilmoqda.
Ösimlik yoği
8000 sömdan 12 000 sömgaça

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. ösimlik yoği 8-12 ming sömdan sotilmoqda. Uşbu mahsulotning eng qimmati Nukus hamda Urganç şahar Markaziy dehqon bozorlarida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz şahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming söm.
Un
2500 sömdan 4 000 sömgaça

Eng arzon narx Qarşi şahri "Yerqörğon" dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2500 söm. Ötgan haftada uşbu bozorda un 1500 sömdan sotilgan edi. Bu esa mazkur bozorda unning qimmatlaşganini körsatmoqda. Eng qimmat narxlar esa Yangi şahar bozori (Andijon), Buxoro, Navoiy, Guliston şahar Markaziy dehqon bozorlari, şuningdek, poytaxt bozorlarida – 4 ming söm.
Şakar
4000 sömdan 5 200 sömgaça

Eng qimmat narxlardagi şakar Yangi (Andijon), Jizzax şahar markaziy dehqon bozorlarida – 1 kg. şakar 5 500 söm. Eng arzoni esa Buxoro, Navoiy şahri “Sahovat” MÇJga qaraşli markaziy dehqon bozorlarida – 4 ming söm.
Tuxum
300 sömdan 750 sömgaça

Bu haftada köplab bozorlardagi tuxum narxlari örtaça 400-500 sömdan sotilmoqda. Eng arzon narx Navoiy şahri "Saxovat" MÇJga qaraşli markaziy dehqon bozori hamda Namangan şahri "Sardoba" dehqon bozorida – 300 söm. Eng qimmat narx "Farhod" dehqon bozori (Toşkent şahri)da 750 sömdan sotilmoqda. E'tiborlisi, uşbu bozorda tuxumni 300 sömdan ham xarid qiliş mumkin.
Kartoşka
700 sömdan 3000 sömgaça

Guliston şahri Markaziy dehqon bozoridan 1 kg. kartoşkani 1500 sömdan 3000 ming sömgaça xarid qiliş mumkin. Ötgan haftadagi uşbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardagi kartoşka Qarşi şahri "Yerqörğon" dehqon bozorida – 700 söm!
Pomidor
2000 sömdan 7000 sömgaça

Poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 sömdan 7000 sömgaça sotilayotgan bölsa, "Qöyliq" dehqon bozoridan uşbu mahsulotni 2000 ming sömdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 sömdan xarid qiliş mumkin.











