Yaponiya mudofaa vazirligi kunçiqar mamlakatda mintaqadagi öta beqaror vaziyat sababli gipertovuşli qurol majmuasi yaratilganini tasdiqladi.

Mudofaa vazirligi bu qurol yaratilgani haqida har yillik rasmiy hisobotida ma'lum qilgan. “Yaponiyaning atrofini örab turuvçi muhit xavfsizligi masalasi borgan sari jiddiylaşib bormoqda. Şu bilan birga turli muammolar va izdan çiqaruvçi omillar borgan sari ötkirlaşib bormoqda”, deb aytilgan mudofaa vazirligi çop etgan “Oq kitob”da.

Yangi qurolni zarurat bölganda ba'zi orollarni himoya qiliş uçun qöllaş rejalaştirilgan.

Gipertovuşli qurol deb, nişonga yaqinlaşiş uçun zarur bölgan vaqtning katta qismi davomida gipertovuşli tezlikni qöllab-quvvatlay oladigan majmualarga aytiladi. 

Bunday qurol nafaqat tez, balki harakatçan bölişi nazarda tutiladi.