Samarqand viloyati Past Darğom tumanida istiqomat qiluvçi fermer Husan Haydarov Samarqand şaroitida Afrika qora tuyaquşlarini köpaytirmoqda. Özining Kun.uz’ga hikoya qilib berişiça, buni unga qişloq xöjaligi vaziri tavsiya qilgan.

2017 yilning boşida, yanvar oyida u Farğonadan 9 ta tuyaquş (3 ta xörozi, 6 ta makiyoni) jöjasini olib kelib parvarişlay boşladi. Bir yil içida ularning vazni 180 kiloga yetay deb qoldi.

Bir kunda örtaça 3,5 kg yem yeydigan tuyaquşlar yaqinda tuxumga kira boşlaydi. Ular 15-20 yil mobaynida tuxum bera oladi. Tuyaquş tuxumining vazni 2 kg.dan oşadi.

H.Haydarovning hikoya qilişiça, tuyaquşlar har qanday şaroitga tez moslaşadi. Ular issiqni sevişadi. -20 daraja sovuqqa ham bardoş bera olişadi. Demak, Samarqand, umuman Özbekiston şaroitida ularni bemalol köpaytiriş mumkin.

Tuyaquşlarning oşqozoni yöq, tovuqniki singari toşdoni böladi. Şu sababli ular baland qilib öralgan hududda, qum va şağal töşalgan joyda parvariş qilinişi kerak. Ular turli don dun va ötlar bilan oziqalanadi va hazm qiliş uçun yerdan toş va qum zarralarini ham yutişadi.

Tuyaquş yuz foiz çiqitsiz jonzot hisoblanadi. Uning hamma narsasi: göşti, terisi, suyagi, yoği, pati, tirnoği va tuxumidan foydalaniş mumkin. Göşti şifobaxş, pat va parlari jahon bozorida juda qadrlanadi. Haqiqiy yetti xazinaning biri hisoblanadi.

H.Husanov tuyaquşlari tuxum bera boşlagaç, ularning sonini yana köpaytirib, fermer xöjaligini yanada kengaytiriş niyati borligini aytib ötdi.

Şuhrat Şokirjonov,

Kun.uz muxbiri