Oradan 17 yil ötib, Özbekiston Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengaşida (Turkiy kengaş) davlat rahbari darajasida yana iştirokini davom ettiradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengaşining VI sammitida iştirok etiş uçun 3 sentabr kuni Qirğizistonga jönab ketadi. Oxirgi marta Özbekiston davlat rahbari uşbu sammitning 2000 yil Ozarboyjonda taşkil etilgan yiğilişida iştirok etgandi. Şundan söng, 2001 yili Özbekiston parlamenti spikeri tadbirda iştirok etdi, 2006 yili Antalyadagi sammitda esa umuman Özbekiston vakili yöq edi.
2009 yil 3 oktabr kuni Naxçivonda ötgan yiğilişda yangi taşkilot tuzilgani e'lon qilindi, uning faoliyatiga doir asosiy tamoyillar 2010 yil 16 sentabr kuni Istanbul deklaratsiyasida öz aksini topdi. Şunday qilib, yangi taşkilot Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengaşi nomini oldi, biroq Özbekiston uning yaratilişida iştirok etmagan.
2016 yili Özbekiston Prezidenti etib saylangan Şavkat Mirziyoyev turkiyzabon xalqlar bilan aloqalarni kuçaytiriş, yangilaş va mustahkamlaş borasida köp işlarni bajardi. Şulardan biri - özbek-turk munosabatlaridagi sovuqlikka barham beriş, iqtisodiy aloqalarga yangi kuç berişdan iborat böldi. 2016 va 2018 yili Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdöğan Özbekistonga, 2017 yil oktabr oyida esa Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga taşrif buyurdi. Özbek-turk muzokaralarida bir neça marta rasmiy Toşkentning turkiyzabon davlatlar taşkilotlari qatoriga qaytişi bildirildi.
Aynan Özbekistonning Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengaşiga qaytiş taşabbusi Erdöğan tomonidan bildirildi. Toşkent şahrida uçraşgan ikki mamlakat prezidentlari qöşma bayonot paytida, uşbu masalaga qaytdi va Şavkat Mirziyoyev Qirğizistondagi sammitda iştirok etişini tasdiqladi.
«Anqaradagi uçraşuvimizda Prezident Erdöğan menga «Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengaşida özbek bayroği» yetişmayotganini aytgandi. Bizning xulosamiz şunday böldiki, bundan keyin, taşkilotning Istanbuldagi qarorgohida Özbekiston bayroği ham hilpirab turadi», deb qat'iy ta'kidlagandi Şavkat Mirziyoyev.
3 sentabr kuni iş boşlaşi kutilayotgan Bişkekdagi sammitda Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston prezidentlarining ham iştiroki tasdiqlangan.








