«O‘zbekistonning Turkiy kengashga a'zo davlat sifatida qo‘shilish niyatini yuqori baholayman va qo‘llab-quvvatlayman», - dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Turkiy tilli davlatlar rahbarlari sammitida.
Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Turkiy kengashning kengayishi va uning xalqaro maydondagi nufuzi oshishi uchun yaxshi sharoit yaratadi, tashkilotga yangi nafas beradi hamda ko‘plab yangilanishlar manbaiga aylanadi.
U mazkur sammit turkiy tilli davlatlarning ko‘p asrlik do‘stligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishiga va uning tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi.
«Bugungi sammit o‘ziga xos shaklda bo‘lib o‘tmoqda», - ta'kidladi Jeenbekov.








