Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida “Abadiy döstlik töğrisida”gi şartnoma va öndan ortiq boşqa muhim hujjatlar imzolandi. Tahlilçilarga köra, Toşkent va Boku örtasidagi yaqinlaşuvdan ikki tomon ham iqtisodiy va geosiyosiy jihatdan birdek manfaatdor.
- Özbekiston va Ozarboyjon munosabatlari qanday darajaga kötarildi va Aliyev taşrifida nimalarga kelişildi?
Oybek Sirojov: Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida 12 dan ortiq hujjat imzolandi. Ular orasida eng muhimlaridan biri – “Abadiy döstlik töğrisida”gi şartnomadir. Şuningdek, Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi Oliy davlatlararo kengaşning uçinçi yiğilişi bölib ötdi.
Vazirliklar darajasida ham qator kelişuvlarga erişildi. Jumladan, taşqi işlar vazirliklari örtasida 2026–2028-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi, Adliya vazirliklari örtasida esa 2027–2028-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bundan taşqari, 2030-yilgaça özaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş böyiça dastur qabul qilindi.
Janubiy Kavkaz – Markaziy Osiyoning Yevropaga çiqiş yölidagi muhim mintaqalardan biridir. Bu yönalişda Ozarboyjon alohida örin tutadi. Bugungi kunda Özbekiston oldidagi muhim vazifalardan biri – milliy mahsulot va tovarlarni jahon, xususan, Yevropa bozorlariga olib çiqiş uçun barqaror va samarali transport yölaklarini rivojlantiriş.
Eron yönalişidagi geosiyosiy vaziyat va sanksiyalar, Rossiya orqali ötadigan yönalişdagi mavjud xavflar esa muqobil transport yöllariga ehtiyojni kuçaytirmoqda. Şu nuqtayi nazardan, Örta yölak tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozir bu yönaliş avtomobil transporti orqali maʼlum darajada işlamoqda. Biroq quruqlikdagi transport yölaklarining samaradorligi, avvalo, temiryöl infratuzilmasiga boğliq. Istiqbolda Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryölining Turkmaniston orqali Kaspiy dengizi va Ozarboyjon bilan boğlanişi mavjud transport imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirişi mumkin. Bu Özbekistonning Yevropa bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini diversifikatsiya qilişda muhim ahamiyatga ega.
Taşrif davomida Özbekiston va Ozarboyjon örtasida Kaspiy dengizida qöşma flot şakllantiriş masalasi böyiça ham kelişuvga erişilgani diqqatga sazovor. Buni sodda qilib tuşuntiradigan bölsak, Özbekiston yuklarini Turkmaniston orqali Kaspiy dengiziga, undan Ozarboyjonga yetkazişda özimizning transport operatorlari va flotimizdan foydalanişimiz mumkin böladi. Bu, birinçidan, taşiş xarajatlarini kamaytirişga, ikkinçidan, transport yönalişining jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, qöşimça vositaçilarga bölgan ehtiyojni kamaytiradi. Şu jihatdan qaraganda, Ozarboyjon Özbekiston uçun nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va transport-logistika nuqtayi nazaridan ham strategik ahamiyatga ega.
















