Turli gadjyetlar haqida sizib çiqqan ma'lumotlarni çop etişga ixtisoslaşgan bloger Benjamin Geskin özining mikroblogida egiluvçan ekranli bukiluvçan smartfonning prototipi tasvirlangan videorolikni joylaştirdi.
Videoga berilgan izohga köra, smartfonda Xitoyning BOE Display kompaniyasi tomonidan yaratilgan egiluvçan ekran qöllanadi. Displeyning diagonali 5,99 dyuymni, körsatiş sifati Full HD+’ni taşkil qiladi. Rolikda smartfonning bukilişi jarayoni namoyiş qilingan. Söngra smartfonni uşlab turgan odam uni blokdan çiqaradi.
Ayni vaqtda bozorda egiluvçan ekranli smartfonlar yöq, biroq bunday qurilmalarni yaratiş bilan köplab kompaniyalar şuğullanmoqda. Bunday smartfonni birinçi bölib Samsung bozorga çiqarişi mumkin – oxirgi ma'lumotlarga köra, gadjyet taqdimoti joriy yil oxirigaça ötkaziladi.











