Prezident sovrini uchun kurash bo‘yicha I Xalqaro turnir o‘tkaziladi. Sovrin jamg‘armasi - 100 ming dollar

Foto: kurash.info
2018 yil 5-7 sentabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha I Xalqaro turnir o‘tkaziladi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Turnir doirasida seminar-trening ham o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha I Xalqaro turnirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita hamda xarajatlar smetasi tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, xarajatlar Toshkent shahar hokimligi mahalliy byudjyetining qo‘shimcha manbalari va homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. 2018 yil 6 sentabr - “Kurash” milliy sport turi kunini keng nishonlash yuzasidan joylarda kurash bo‘yicha musobaqalar va seminarlar, shuningdek, jahon chempionlari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, xalqaro turnirda l-o‘rin uchun 50 000 AQSh doll. (Prezident sovrini), 2-o‘rin uchun 25 000 AQSh doll., 3-o‘rin uchun x 2 kishi x 10 000 AQSh doll., 5-8-o‘rin uchun x 4 kishi x 1 250 AQSh doll. miqdorida pul mukofotlari beriladi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

11:06
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025