Kelajakda aholi sonining yanada oşişi bilan içimlik suviga bölgan ehtiyoj keskin ortadi. Şuning uçun ham yaqin yillarda aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş eng dolzarb muammolardan biri bölişiga şubha yöq. Biroq unga qadar suvga bölgan munosabat özgarişi şart.
KUN.UZ yangi – “Söz sizga” loyihasining ilk sonida toza suv isrofi böyiça Andijon şahridagi manzaralarni tilga olgandi.
Andijonda toza suv isrofini kim töxtatadi?Mazkur lavha efirga ketişi bilan muammolar Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi nazoratiga olindi. Andijon viloyat hokimi mazkur masalaga jiddiy e'tibor berdi. Viloyat mutasaddilari işga kirişdi. 3 kun içida toza suv isrofi bartaraf etildi.
Birinçi manzil: Andijon şahar, Yuldaşev köçasidagi temir quvur nosozligi joriy yil 29 iyul kuni bartaraf etilgan. Ta'kidlaş kerak, mazkur tasvirlar 4 iyulda suratga olingan edi. Demak 25 kundan söng nosozlik bartaraf etilgan.




Keyingi manzil Andijon şahar, Furqat köçasidagi markaziy suv tarmoğidan köp qavatli uylarga ulangan nuqtadagi quvur nosozligi 5 sentabr kuni bartaraf etildi.














