Taniqli niderland mutaxassisi Gus Hiddink Xitoy olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Xitoy futbol assotsiatsiyasi hozirça bu haqda rasman ma'lum qilmagan bölsa-da, murabbiyning özi bu ma'lumotni tasdiqlagan.
«Men amalda nafaqaga çiqib bölgandim, biroq bu juda yaxşi iş bölib körinyapti», - degan 71 yoşli murabbiy.
Hiddinkka 2020 yili Tokioda ötadigan yozgi Olimpiadaga yöllanmani qölga kiritiş vazifasi yuklatilgan. China.orğning yozişiça, uşbu vazifa muvaffaqiyatli ado etilgan taqdirda, Tokio Olimpiadasidan söng u milliy terma jamoani qabul qilib olişi mumkin. Eslatib ötamiz, Xitoy milliy terma jamoasiga 2 yildan buyon italiyalik murabbiy Marsello Lippi ustozlik qilmoqda.
Xitoy matbuotidagi xabarlarga qaraganda, Hiddinkning maoşi soliqlarni hisobga olmaganda yiliga 4,7 million dollarni taşkil etadi.
Gus Hiddink murabbiy sifatida Niderlandiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya va Turkiya kabi mamlakatlarning milliy termalarini, klublardan esa «Çelsi», «Real», «Valensiya» va PSV kabi jamoalarni boşqargan. U 2002 yilgi Jahon çempionatida Janubiy Koreya termasini yarim finalga qadar boşlab borgani bilan Osiyo futbolida öz izini qoldirgan.









