Downdetector servisi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda Facebook bilan deyarli heç qanday muammo yöq.

Spot’ning yozişiça, bundan ijtimoiy tarmoq işidagi nosozliklar aks etuvçi xarita darak bermoqda, unda Özbekiston ikki kundan beri qizil rangni (köplab muammolar) oç yaşil rangga (kam sonli muammolar) özgartirdi. Bu esa, muammo, katta ehtimol bilan, servisdan emasligini bildiradi.

Şu bilan birga, mamlakatda Facebook’ga kiriş hali ham qiyinçilik tuğdirmoqda, bu VPN’ning ommabopligini oşirmoqda.

Agarda Özbekistondagi iOS foydalanuvçilari ançadan beri şunday ilovalarni faollik bilan yuklab olayotgan bölsa, endi ularga Android’dagi telefonlarni işlatadiganlar ham qöşildi.

Ötgan hafta Google Play’da Özbekiston böyiça eng yuklanib oluvçi ilovalar 20taligida bironta ham VPN yöq edi, bu hafta esa unda birdaniga ikkitasi paydo böldi - Secure VPN 18-öringa kötarildi (198 pozitsiyaga ösiş), Thunder VPN 9-poğonaga (172 pozitsiyaga ösiş).

Özbekistonda VPN’ga qiziqiş 3 sentabr kuni Facebook va boşqa saytlarga kiriş bilan boşlangan muammolarga boğliqdir.

Facebook işlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi