Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yili mobaynida qaşşoqlik darajasi 81%dan 28%gaça tuşdi. Bu haqda 9 sentabr uşbu davlat rahbari Imomali Rahmon fuqarolarga bayram tabrigida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TojikTA.
«Mustaqillikning yigirma yetti yili davomida hukumat tomonidan qabul qilingan çora-tadbirlar natijasida qaşşoqlik darajasi 81 foizdan 28%ga tuşdi hamda biz 2030 yilga borib bu körsatkiçni 15%ga yetkazmoqçimiz», - deya ta'kidlab ötdi davlat rahbari Tojikiston Mustaqillik kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida.
«Bugungi kunda 2016-2020 yillarga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning örta muddatli dasturi doirasida biz Tojikistonni agrar-sanoat davlatdan industrial-agrar mamlakatga aylantiriş uçun zarur zamin yaratmoqdamiz», - deya ta'kidlab ötdi u.
Uning sözlariga köra, bu yönalişda kerakli çoralar körilmoqda - yangi quvvatlar işga tuşirilmoqda, raqobatbardoş va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarilmoqda, mavjud resurslardan samarali foydalanilmoqda, mamlakatning eksport salohiyati mustahkamlanmoqda va yangi iş örinlari yaratilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Tojikistonning yölovçi va yuk poyezdlariga imtiyozlar taqdim etgandi.












