Andijondan Toşkent tomon bormoqçi bölgan yölovçilar asosan poyezd yoki avtomaşinadan birini tanlaydi. Avtomobilda uzoq yöl yurişning öziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Avtomobil içida kamida beş soat harakatlanmay ötirasiz. Biroz vahimali Qamçiq dovonidan ötiş kerak. Biroq poyezddan köra tezroq manzilga yetasiz va sizni Toşkent şahridagi aytgan manzilingizga olib borib qöyişadi.
Poyezd endi boşqaça... Butun dunyoda eng köp foydalaniladigan jamoat transporti şu bölsa kerak. Aniq jadval asosida iş yuritadi. Yöl davomida bemalol vagon içida harakatlanişingiz mumkin. Xavfsizlik çoralari mavjud. Uning qulayliklari haqida uzoq gapiriş mumkin. Şuning uçun Özbekistonni keziş uçun kelgan çet ellik sayyohlar ham köproq poyezdni tanlaydi.
Narxlarga töxtalamiz. Toşkentga taksida ketmoqçi bölsangiz, «pitak»da bugungi narxlar - 40 ming sömdan 60 minggaça. Deylik, «Neksiya»da ketiş - 40-50 ming söm, «Lasetti» - 60 ming söm.
Temir yöl transportida esa Andijondan Toşkentgaça bölgan narxlar quyidagiça: Econom - 58 000 söm, Business klass - 89 000 söm va VIP klass - 168 000 söm.
Kuni keça aynan uşbu yönaliş böyiça yölda poyezd vagonlarida yölovçilarga yaratilgan şart-şaroitlarni kuzatdik.
Çipta oliş
Hammasi yaxşi. Çiptaxona kun davomida uzluksiz işlaydi. Naqd pul yoki plastik kartoçka orqali muammosiz çipta sotib oliş mumkin.
Biz keç soat töqqizlarda borib, 61-sonli yönalişdagi poyezdning ertalabki soat 06:20da yölga çiquvçi - «Yeconom», xalq tili bilan aytganda «umumiy» vagoniga 58 ming sömga ketişga va qaytişga 17:24dagi poyezdga çipta sotib oldik. Kassadagi xodim: «Qaytişga «platskart»da kelasiz» deb qoldi.

Vokzal va yölga çiqiş
Andijon vokzaliga erta tong soat 5:20larga keldik. Yölovçilar asta-sekin ötiş yölagini töldirayotgandi.

Vokzal binosida xodimlar muomalasi yomon emas. Şaroitlar ham. Yukingizni olib boriş uçun aravalar ham bisyor.

























