IHS xalqaro tahlil kompaniyasining tadqiqotlariga köra, Samsung kompaniyasi 12 yildan buyon televizor işlab çiqariş böyiça jahonda yetakçi örinni egallab kelmoqda.

Samsung televizorlari 12 yildan beri dunyoda yetakçi hisoblanadi. IHS tadqiqoti natijalariga qaraydigan bölsak, Samsung bu borada 2006 yildan buyon 1-örinni egallab kelyapti. Kompaniyaning bozordagi uluşi ösib bormoqda: hozirda bu körsatkiç 26,5% ni taşkil etadi.

Eng qiziği, 1997 yilda jahondagi birinçi suyuq kristalli diagonali 30 dyuymga teng displeyni yaratgan kompaniya bundan keyin ham ommani hayratga solişda davom etadi desangiz, kamdan-kam inson bunga işonardi.

2010 yilda bu Janubiy Koreya brendi 3D LED TV rusumli televizorlarni işlab çiqarişni boşladi. Aynan şu yili Smart TV platformasi uçun dunyodagi ilk ilovalar dökoni taqdim etildi. 2011 yilda esa Smart HUB, ya'ni Smart TV uçun möljallangan dasturiy modul ommaga taniştirildi.

Bundan taşqari, 2013 yilda jahonda birinçi OLED TV televizorlarining yaratilişi, 2014 yilda botiq ekranli Curved UHD TV televizorlarining taqdim etilişi kompaniya tarixidan örin olgan. Curved modellari hozir ham ommabopligini yöqotmagan, şu bois ularni işlab çiqariş haligaça davom etmoqda. Keyinçalik Samsung OLED displeylarni tayyorlaşdan töxtadi, bunga sabab organik materiallardan taşkil topgan bunday panellarda tasvirning «kuyişi» edi. Biroq, şunga qaramasdan, boşqa raqobatçi-kompaniyalar hali ham uşbu texnologiyadan voz keçişgani yöq.

Samsung rahbariyati esa bu yönalişda barça e'tiborini mustahkam va uzoq xizmat qiladigan texnologiyalarga qaratdi va bu borada töğri qaror qabul qildi. Tasvir sifatini uzoq vaqt yöqotmaydigan yuqori texnologiyali televizorlarni yaratiş ustidagi işlar bir neça yil olib borildi.

Şunday qilib birinçi QLED televizorlari paydo böldi.

2018 yilda esa Samsung QLED TV video nomli maşhur nemis jurnalidan kuyişdan himoyalangan ekranlarga beriladigan sertifikatni qölga kiritdi.

Foto: Samsung