Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotovning öğli Roman Zolotov Moskva viloyati, Odintsovskiy tumani hududidagi boylar qişloği bölmiş Barvixada qimmatbaho turarjoyga egalik qiladi. «Novaya gazeta» naşri ma'lumotiga köra, bu uyning narxi 700 million rublga baholanadi. Naşr Zolotovlar oilasining koşonasining dron orqali olingan tasvirlarini e'lon qildi.
Rolikdagi tasvirdan köriş mumkinki, Zolotovning öğli xiyobon örtasidagi haşamatli qasrda yaşamoqda.

Bu uyning yonidagi uylar ham haşamatda bir-biridan qolişmaydi. Şulardan biri Zolotovning kuyovi Yuriy Çeçixinniki bölib, 2 gektar maydondagi bu saroy bahosi 1,5 milliard rublga teng.

Naşr ma'lumotiga köra, «milliarderlar qişloği»dagi hovlini Zolotovning 23 yoşli öğli 2003 yilda olgandi. 700 ming kv m maydondagi bu uy 3 yil davomida qurilgan.

Rolikda jurnalistlar bu uyni Zolotov va Navalniyning dueli uçun munosib joy deb ataşgan.
11 sentabr kuni Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi rahbari Aleksey Navalniyga videomurojaat yöllab, uni duelga çorladi. Navalniyning Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi avgust oyi oxirida Rosgvardiyani harbiylar uçun mahsulotlarni oşirilgan narxlarda sotib olişi böyiça tadqiqotlarini e'lon qilgandi.
Bunga javoban Zolotov şunday dedi: «Men sizni jangga çaqiraman. Ringdami, tatamidami, sizga qayer qulay bölsa, öşa joyga. Har qanday maydonda men sizni bir neça daqiqada şirali kotletga aylantirişga va'da beraman».
U Navalniyga murojaatida biznes bilan şuğullanib, boylik orttirganini aytadi. Ammo u aslida 30 yildan ortiq vaqt davomida faqat davlat organlarida işlagan. 1990 yildan 2000 yilga qadar Rossiya Federatsiyasi davlat qöriqlov xizmatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan Zolotov 2000-2013 yillar davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xavfsizlik xizmati boşliği bölgan. U 2013 yildan boşlab Rossiya IIV içki qöşinlari boş qömondoni örinbosari böladi, 2014 yilning mayida Içki işlar vaziri örinbosari - IIV içki qöşinlari boş qömondoniga aylanadi. 2016 yilning aprelida esa Milliy gvardiya qöşinlari Federal xizmati direktori etib tayinlanadi.
Rosgvardiyani kim ovqatlantiradi? Navalniy va Zolotov mojarosiga Medvedevning qanday aloqasi bor?










