Kabarda-Bolqoriyaning Bezengi darasida qor köçkisi oqibatida kamida 13 kişi halok böldi. Qor köçkisi 6-sentabr kuni keçqurun Mijirgi toğida röy berib, toğ yonbağrida bölgan 33 nafar alpinist köçki ostida qolgan. Şundan ön kişi mustaqil ravişda pastga tuşişga muvaffaq bölgan. Yana olti kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan. 9-sentabr kuni tongidagi holatga köra, FVV qutqaruvçilari halok bölgan 13 nafar alpinistning jasadini topgan, yana tört kişini qidiriş işlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi «xavfli notekis relyef» va takroriy köçki röy berişi ehtimoli qutqaruvçilar işini qiyinlaştirayotganini maʼlum qilgan.
«Kommersant» manbalariga köra, köçki oqibatida Rosgvardiya va boşqa kuçişlatar tuzilmalarning Bezengiga toğ tayyorgarligi böyiça yiğinga kelgan 12 nafar jangçisi halok bölgan. Shot va Baza telegram-kanallari qurbonlar orasida Rosgvardiyaning «Vityaz» maxsus topşiriqli elita bölinmasi jangçilari ham bölganini xabar qildi. Idoradagilar qurbonlarning bir qismi Rosgvardiyada xizmat qilganini tasdiqlagan, ammo «Vityaz» jangçilari halok bölgani haqidagi maʼlumot haqiqatga töğri kelmasligini bildirgan.
Köçki çoğida peterburglik 70 yoşli alpinist Albert Izotov ham halok bölgan. Rossiya alpinizm federatsiyasi (FAR) u daraga instruktor sifatida borgani va kuçişlatar tuzilmalar vakillarini tayyorlaş bilan şuğullanganini maʼlum qilgan. Qor köçkisi sodir bölgan paytda Izotov boşçiligidagi guruh maşğulot ötkazayotgan edi. «Ilgari heç qaçon bunça katta qor tuşmagandi. Bunça qor muzlikdan oşib ötib, maşğulot ötkazayotgan guruh ustiga tuşdi», – deydi federatsiyaning sport alpinizmi qömitasi raisi Aleksandr Yakovenko.
Bezengi darasidagi fojia 2002-yilda kiçik Sergey Bodrovning suratga oliş guruhi halok bölganidan beri Rossiya toğlarida sodir bölgan eng yirik şu kabi holat böldi. Öşanda Şimoliy Osetiyaning Karmadon darasida «Svyaznaya» filmining suratga oliş guruhi lagerini qor bosib qolgandi. Buning oqibatida kamida 125 kişi, jumladan, aktyorning özi ham halok bölgandi. TASS agentligi hisob-kitoblariga köra, sönggi 25 yil içida Rossiya toğlarida bir guruh insonlar halok bölişi bilan boğliq törtta holat röy bergan.
Tergov qömitasi loqaydlik böyiça jinoiy iş qözğatdi, iş bilan harbiy tergovçilar şuğullanmoqda. Alpinizm federatsiyasidagilar yiğinlarda tajribali alpinistlar iştirok etgani va maşğulotlar joyi xavfsiz hisoblanganini taʼkidlagan. «Men uçun bu yerda qanday loqaydlik borligi aniq tuşunarsiz. Bunday tadbirlarni ötkaziş doirasida zarur bölgan barça işlar töğri amalga oşirilgandi», – dedi federatsiya vakili Aleksandr Yakovenko.












