«Undan sersuv kotlet tayyorlayman»: Rosgvardiya rahbari Navalniyni duelga chorladi (video)

Foto: «Gazeta.Ru»
Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining muassasa bo‘yicha ma'lumotlariga javoban chiqish qilib, fond rahbari Aleksey Navalniyni duelga chaqirdi va undan «sersuv kotlet» tayyorlashga va'da berdi.
Navalniy fondining 23 avgust kuni e'lon qilgan materialida Rosgvardiya uchun zarur mahsulotlar bozordagi narxlardan bir necha barobar qimmatga xarid qilinayotganiga e'tibor qaratilgandi. O‘tgan yilning oxirida ushbu tashkilot uchun mahsulotlar yetkazib berish huquqi «Drujba narodov» go‘shtkombinatiga berilgandi.
«Men xizmat safarida edim va shu sababli darhol javob qaytara olmadim. Ammo hechdan ko‘ra, kech yaxshi. Men hech qachon ko‘chadagi odam bilan bahslashib o‘tirmagan bo‘lardim, ammo siz prezident bo‘lish ambitsiyasiga ega shaxssiz-ku! Ha, bizda ayrim korruptsion holatlar kuzatiladi, ammo biz ular bilan kurash olib boramiz. Undaylarni ishdan haydaymiz yoki sudga topshiramiz.
Siz olma sharbati narxi bir litri uchun 40 rubl o‘rniga 87 rubl bo‘lganiga e'tiroz qilmoqdasiz va buni korrupsiya deb atamoqdamiz. Lekin 40 rublga sharbat berishmaydi, bu oddiy suv yoki sun'iy mahsulot bo‘lishi mumkin.
Mening deklaratsiyamga hurmatsiz munosabatda bo‘lmang. Men uni Rosgvardiyada ishlashimdan oldinroq to‘ldirib kelganman. Men armiyada xizmat qilganman, barabanchi bo‘lganman, siz hali go‘dakligingizda biznes bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Umuman, siz kim bo‘libsiz, Navalniy? Siz Amerikaga yollangan marionetkasiz. Siz Rossiyani qismlarga bo‘lib tashlashni istaysiz. Siz barchangiz ichkaridagi chirindilarsiz - Berezovskiy, Xodorkovskiy, Maltsev. Balki o‘zlaringizni ovchi itlardek his qilarsizlar, ammo amaliyotda siz muxolif kuchukchalarsiz.
Siz o‘z chiqishingiz bilan menga tuhmat qildingiz, zobitlar esa buni shunday qoldirishmaydi. Qadim zamonlarning an'analariga muvofiq, yuzga urgan shaxs duelga chaqirilgan. Janob Navalniy, bizga bu an'anani davom ettirish uchun to‘siq yo‘q. Ringdami, tatamidami, qayer siz uchun qulay bo‘lsa, men tayyorman, sizni sersuv kotletga aylantirishga va'da beraman. Agar siz yakkama-yakka olishuvdan qochsangiz - hamma sizni landavur deb ataydi. Agar siz yana bir bor mening oilamga qarata haqorat yo‘llasangiz, men sizni oyoqlaringizdan mahrum qilaman va shaxsiy tarkibim qarshisida shou uyushtirib beraman. Bunday musibatga giriftor bo‘lmang, janob Navalniy», degan Zolotov.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:22
-
Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi
O‘zbekiston | 12:15
-
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 12:04
-
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi
O‘zbekiston | 11:58
Mavzuga oid

16:02 / 23.08.2023
Tank ustidagi odamlar. 1991 yilda Oq uyda Yelsinning yonida bo‘lganlarning keyingi taqdiri qanday kechdi?

21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi

17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi

23:41 / 22.12.2022