Toşkent şahrida haydovçilar tomonidan bir kun içida 700 martaga yaqin tezlik oşirilişi holatlari yuz berdi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilişiça, 7 sentabrdan 13 sentabrgaça bölgan muddat içida mobil (köçma) radarlar tomonidan şahar köçalarida 9870 ta tezlik oşirilganligi faktlari qayd etildi. 

“7 sentabr kunining özida 523,  12 sentabr kuni esa 520 marta tezlik oşirilganligi holatlari qayd etildi.  13 sentabr kuni radarlar 690 marta tezlik oşirilganligi faktlarini qayd etdilar”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq yöl harakati qoidalariga piyodalar tomonidan ham rioya etilişini ta'minlaş maqsadida Çilonzor tumanidagi Seul köçasida joylaşgan Mehribonlik uyi qarşisidagi piyodalar kesib ötiş yölakçasi yangiça köriniş kasb etgani xabar qilingandi.