Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent chorrahalarini kesib o‘tuvchi piyodalarga yo‘l qoidalari yodga solinadi
2018 yil 14 sentabridan Toshkent chorrahalarini kesib o‘tuvchi piyodalar zebra yo‘lakchalari yangilik kiritila boshlandi. Haftaning har juma kuni Yo‘l harakati qoidalari targ‘ibot kuni sifatida e'lon qilinishi munosabati bilan Toshkent ShIIBB YHXB tomonidan turli bukletlar tarqatiladi, targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkaziladi.
Yo‘l harakati qoidalariga piyodalar tomonidan ham rioya etilishini ta'minlash maqsadida Toshkent shahri Chilonzor tumani Seul ko‘chasida (sobiq Baynalmilal) joylashgan Mehribonlik uyi qarshisidagi piyodalar kesib o‘tish yo‘lakchasi yangi ko‘rinish kasb etdi.

YHXB tashabbusi bilan piyodalar kesib o‘tish yo‘lagiga “Snimi naushniki. Ubedis v bezopasnosti. Otvlekis ot telefona” kabi yozuvlar tushirilgan. Nima uchundir rus tilida tushirilgan ogohlantirish-eslatmaning o‘zbek tilidagi ma'nosi: “Quloqchinni ol. Xavfsiz ekaniga ishonch hosil qil. Telefonga chalg‘ima” ma'nolarini beradi.


YHXBning Kun.Uz’ga ma'lum qilishicha, piyodalar kesib o‘tish yo‘lagida bu tarzda qoidalar eslatilishi shahar miqyosida tajriba sifatida aynan ushbu chorrahada amalga oshirilmoqda. U o‘zining ijobiy natijasini bersa, boshqa chorrahalarga ham shu kabi yozuvlar tushiriladi.


Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026