London meri Sodiq Xon Brexit böyiça yangi referendum zarurligi haqida e'lon qildi. The Guardian şu haqida xabar berdi. 

Xon odamlarga Brexit'dan voz keçiş imkonini taqdim etiş zarur deb hisoblaydi. Uning sözlariga köra, Brexit mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir körsatadi. 

Sodiq Xon muzokaralarga juda kam vaqt qolgani va oldinda faqat ikki yöl turganini qayd etdi: yo Buyuk Britaniya zarariga şartnoma tuziş, yoki umuman heç narsaga kelişmaslik, bu ketişda vaziyat har qanaqasiga mamlakat ziyoniga hal böladi. 

"Bu Brexit'ning har qanday şartnomasi böyiça referendum ötkaziş kerakligini bildiradi. Agar özaro kelişuvga erişilmasa, odamlarga Yevropa Ittifoqida qoliş imkonini taqdim etiş kerak", - dedi Xon.