Turkmaniston çegarasida Tojikiston yuklari bilan boğliq vaziyat özgarişsiz qolmoqda: turkmanistonlik bojxonaçilar Tojikiston uçun möljallangan yoki Tojikistondan eksport qilingan yuklarni öz hududiga ötkazmayapti, deb xabar beradi Asia-Plus.

Naşr ma'lumotlariga köra, Tojikiston yuklari bölgan maşinalar Turkmaniston-Eron va Turkmaniston-Özbekiston çegarasida avgust oxiridan beri turibdi.

«Vaziyat özgarmadi, yuklar Turkmaniston bilan çegarada turibdi, ulardan ba'zilari esa Ozarboyjon çegarasi tomon harakatlanmoqda, bu Tojikistonga Qozoğiston va Özbekiston hududi orqali yetib oliş uçun qilinmoqda», - deya xabar berişgan Tojikiston Transport vazirligidan.

Avvalroq, Tojikiston Transport vazirligi yuk maşinalar haydovçilariga muqobil yöllardan foydalaniş tavsiya qildi: Bokuga boriş, u yerdan Kaspiy dengizi orqali paromda Qozoğistonning Aqtau portiga yöl oliş va Qozoğiston hamda Özbekiston orqali Tojikistonga boriş.