Sony 1994 yilda sotuvga çiqqan birinçi PlayStation’ni qaytadan çiqaradi. Uning ölçami öşa davrdagidan 45%ga kiçikroq böladi.

Sotuv 3 dekabrdan boşlanadi. Narxi esa 99,99 dollarni taşkil etadi.
PlayStation Classic öşa davrning 20ta eng ommabop öyinlari, jumladan Final Fantasy VII, Jumping Flash, Ridge Racer Type 4, Tekken 3 va Wild Arms öyinlari örnatilgan holda böladi.

Sony ötmişdagi öyin konsollarini bozorga qaytarayotgan birinçi kompaniya emas. 2017 yilda Nintendo kompaniyasi Super Nintendo Entertainment System öyin konsolini qaytadan çiqargandi.











