Özbekistonda naqd pulsiz tölov tizimi keng ommalaşgan. Sönggi vaqtlarda bu borada erişilgan yutuqlarga qaramay tölov tizimlarini rivojlantiriş uçun zamonaviy texnologik yeçimlarni joriy etiş borasida qator kamçiliklar mavjudligi közga taşlanmoqda, deb yozadi ÖzA.
Tölovlar davomiyligini ta'minlaş, sohaga innovatsion mahsulotlarni jalb etiş, mavjud bank xizmatlari va tölov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantiriş davr talabiga aylanib bormoqda.
Bu boradagi muammolarni bartaraf etiş, şuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yönalişlar ijrosini ta'minlaş maqsadida Özbekistonda Milliy banklararo protsessing markazi taşkil etilmoqda.
Uşbu maqsadlar Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 19 sentabrda imzolagan «Milliy tölov tizimini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.
UzCard işlay boşladi. Kompaniya rasmiy bayonot berdi











