UzCard onlayn tizimi işlaş jarayoni tiklandi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
Qayd etilişiça, tizimdagi nosozlik aniqlanganidan söng, mutaxassislar tomonidan ularni bartaraf etiş, protsessing markazi faoliyatini tiklaş va kartoçka ma'lumotlari saqlanib qolinişini ta'minlaş böyiça tegişli çoralar körilgan, şuningdek, röy bergan hodisa tekşiruvdan ötkazilgan.
Tizimni tiklaş işlariga qator mutaxassis-şeriklar ham jalb etildi. Natijada barça texnik va dasturiy nosozliklar bartaraf qilindi. Ayni damda UzCard tizimi faoliyati tölaqonli tiklanişini ta'minlaş böyiça butun jarayonni bosqiçma-bosqiç tiklaş işlari olib borilmoqda. Tizimdagi nosozliklar sababini aniqlaş maqsadida dasturiy ta'minot batafsil yozuvlari olindi va dasturiy ta'minot hamda server qurilmalari işlab çiqaruvçilarini texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga yuborildi. Tizimning töliq işlaşini tiklaş va sabablarini aniqlaş işlari yakunlangaç, Markaz nosozlik sabablari töğrisida batafsil ma'lumot beradi.
Kompaniya karta egalaridan, tadbirkorlardan va hamkorlaridan uzr söragan. Şuningdek, kompaniya odamlarda paydo bölgan e'tirozlarni tuşunişi hamda masalaning mohiyatini va mas'uliyatini çuqur anglagan holda aholidan yuzaga kelgan vaziyatni tuşuniş bilan qabul qilişni söragan.
UzCard istiqbolda bunday holatlar takrorlanmasligi yölida barça çora-tadbirlarni körişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq UzCard tizimidagi nosozliklar bugun, 17 sentabr kuni bartaraf etilişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
UzCard tizimi işdan çiqişi Özbekistondagi 18 milliondan oşiq plastik karta muomalasiga ta'sir körsatdi. Markaziy bank ma'lumotlariga köra, 2018 yilning yanvar—avgust oylarida tölov terminallari orqali 39,2 trillion söm pul tuşgan. Bu esa kuniga örtaça 160 milliard, soatiga örtaça 6,7 milliard söm degani.
















