Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Özbekiston 24» telekanali boş muharriri lavozimida işlagan Farhod Mahmudov Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosari etib tayinlandi.

ÖzA xabariga köra, Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari xizmati böyiça Prezident maslahatçisiga örinbosarlik qiladi.
Ma'lumot uçun, Farhod Mahmudov 1973 yil Toşkent viloyati Çinoz tumanida tuğilgan. U 1996 yil Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil «Mehnat şuhrati» ordeni, 2018 yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat körsatib kelgan.
Eslatib ötamiz, avgust oyi oxirida Şavkat Mirziyoyev prezident devoni negizida prezident administratsiyasini taşkil etgan, köp yillardan buyon devonda Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari böyiça davlat maslahatçisi Xayriddin Sultonov lavozimdan olingan edi.
U hozirça prezident spiçrayteri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Xayriddin Sultonov boşqargan xizmatni ayni paytda Abdujabbor Abduvohidov boşqarib turibdi.







