GM Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratiş maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi işlarini takomillaştirganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
«Endilikda siz avtomobilingizni özingizga yaqin va qulay bölgan istalgan avtosalondan xarid qilişingiz mumkin, hatto uşbu salonda avtomobil bölmasa ham», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, şartnoma oliş uçun onlayn ariza qoldiriş yoki dilerga murojaat qilgan holda yetkazib beriş şartlariga köra uşbu avtosalonda avtomobilni kutiş mumkin.
«Avtomobillar qayta taqsimoti iste'molçilarning talablariga köra kunlik tarzda yangilab boriladi», - deya qayd etadi kompaniya.
Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib beriş muddatlarini qisqartirgandi.












