Yiliga kamida 100 ming avtomobil eksportga. «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, uning kompaniya rahbarligidagi boş maqsadi köproq avtomobilni xorijiy bozorga yetkazib berişdir. 

«Ehtiyot yoki butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş masalasi işlab çiqilayotgan avtomobillar soniga bevosita boğliq. Misol uçun, motor yoki transmissiyani töliq lokalizatsiya qiliş uçun kamida 400 ming dona avtomobil işlab çiqarilişi zarur. Xavfsizlik yostiqçasini dunyoda atigi 3ta kompaniya işlab çiqaradi. Şunga köra, ayrim ehtiyot qismlarni mahalliylaştiriş qimmatga tuşadi va iqtisodiy jihatdan özini oqlamaydi. Mumkin bölgan narsani bu yerda, albatta, amalga oşiramiz», - deya qayd etdi Umurzoqov.

U, şuningdek, Özavtosanoat tizimining asosiy maqsadiga ham töxtalib ötar ekan, boş maqsad avtomobillar tannarxini arzonlaştiriş ekanini bildirdi. 

«Bizning maqsad, ilgarigidek, fuqarolar xohlasa-xohlamasa ham xarid qiladi, degan maqsad emas, balki ularga yoqadigan, narx jihatdan töğri keladigan modellarni işlab çiqarişdir. Bunda asosiy e'tibor tannarxga qaratiladi. Bir tomondan mahalliylaştirişni amalga oşiramiz. Bu bizlarning rivojlanişimizga, xaridor çöntagiga, davlat budjetiga, eksportga, investitsiyaga har tomonlama qulay bölişi kerak», - dedi «Özavtosanoat» rahbari. 

«Bizlar eksport qila oladigan mahsulot çiqarsak, mening maqsadim, «Özavtosanoat» maqsadi kamida 100 ming maşina eksport qilişga erişiş. Şunda töğri rivojlanayotgan bölamiz», - dedi Şavkat Umurzoqov. 

U, şuningdek, «Özavtosanoat» 2019 yilda 270 ming avtomobil işlab çiqarişini bildirar ekan, kompaniya Rossiyaga eksportni qayta boşlaganidan taşqari, öz avtomobillarini Qozoğiston, Belorussiya, Ukraina, Qirğiziston va Afğonistonga eksport qilayotganini bildirdi. Xususan, şu yilning ötgan davri mobaynida Afğonistonga 2 mln AQŞ dollariga teng avtomobillar yuborilgan. 

Bundan taşqari, «Özavtosanoat» rahbari, «AvtoVAZ» kompaniyasining Özbekistondagi agressiv reklama siyosati xususida Kun.uz muxbiri bergan savolga öz fikrini bildirar ekan, bu «Özavtosanoat» mahsulotlari savdosiga umuman ta'sir körsatmasligini, sifat va narx masalasidagi natijani vaqt körsatişini ta'kidladi.