«Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş tizimi soddalaştirilganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra:
- yangi import avtomobillar faqat yuridik şaxslar - işlab çiqaruvçi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilişi haqidagi talab bekor qilinadi;
- elektr energiyasini elektr ta’minoti şartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik şartnomaviy miqdordan) ortiqça iste’mol qilgan yuridik şaxslarga elektr energiyasi yetkazib berişni töxtatib qöyiş amaliyoti tugatiladi;
- tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytiriş töğrisida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravişda xabardor qiliş va ommaviy axborot vositalarida bu haqda e’lon beriş talabi bekor qilinadi;
- soliq tölovçilarga soliq organlarining sayyor soliq tekşiruvlari va soliq auditi natijalari böyiça qabul qilgan qarorlari ustidan töğridan töğri sudga şikoyat qiliş huquqi beriladi.
Qaror 14 avgust kuni qabul qilindi va kuçga kirdi.









