Isroilning Netaniya şahrida "samoviy poyezd" (Skytrain) deb nomlangan magnitoplan quriladi, u havo transportiga raqobatçi bölişi mumkin, deb xabar berdi mynet internet-naşri.

Magnitoplan ikki-tört kişiga möljallangan kapsula şaklidagi "marşrut taksi" bölib, yerdan 25 metr balandlikda harakatlanadi. Yölovçilar bekatlarga liftlar yordamida kötariladi.

"U atrof-muhitni ifloslantirmaydigan magnit dvigatel yordamida harakatlanadi. Skytrain yönalişlari yerdagi transport yöllari ustida barpo etiladi va keyinçalik şaharning istalgan nuqtasiga boriş mumkin böladi", — dedi şahar meri vazifasini bajaruvçi Eli Dalyala.

Uzunligi 650 metr bölgan dastlabki sinov yöli şahardagi tumanlardan birini temir yöl vokzali bilan boğlaydi.  Magnitoplan elektromagnit maydon kuçi bilan tutib turiladi. U harakatlaniş vaqtida relsga tegmaydi va tezligi soatiga 300 kilometrdan oşişi mumkin.

Meriyaning hisob-kitobiga köra, dastlabki harakatlaniş uçastkasi qurilişi uçun 6 million dollar atrofida mablağ sarflanadi.