Özbekistonda kasallaniş va erta ölim holatlarining asosiy qismi yuqumli bölmagan kasalliklar bilan boğliq. Bu haqda Özbekistonda yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va aholining jismoniy faolligi darajasini 2019-2022 yillarda oşiriş böyiça konsepsiyada aytiladi.

Qayd etilişiça, 2017 yilda ölim holatlariga sabablar umumiy tuzilmasida birinçi örinni qon aylaniş tizimi kasalliklari egallagan - 59,7 foiz. Ularning asosiy sabablari - yurak işemiya kasalligi, arterial gipertoniya va asoratlari (miokard infarkti, miya insulti va boşqalar). Keyingi poğonadan salbiy ösimtalar (9,4 foiz), nafas oliş organlari kasalliklari (5,0 foiz) hamda qandli diabet (3,5 foiz) joy oldi.

2014 yilda Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan ötkazilgan tadqiqot aholining uçdan ikki qismi yetarli miqdorda sabzavotlar va mevalar iste'mol qilmasligini körsatgan. Aholining yarmi ortiqça vaznga ega. Yoşi katta fuqaroning har beşinçisida semizlik aniqlangan, aholining 46,3 foizida qondagi xolesterin darajasi yuqori bölgan.