24 sentabr kuni Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Jo‘rayev vazifasidan ozod etildi. Bu ma'lumotni Sog‘liqni saqlash vazirligi «Kun.uz»ga tasdiqlagan.

Aziz Jo‘rayev viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan lavozimdan olingan.

Ma'lum qilinishicha, endilikda Davronbek Jumaniyozov Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Jumaniyozov shu vaqtga qadar Samarqand viloyat nogironlar reabilitatsiya markazi direktori vazifasida ishlab kelayotgandi.