Bu 10-sentabr kuni qabul qilingan «Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga köra, 2027-2028 öquv yilidan tibbiyot taʼlimi sohasi uçun bakalavriat yönalişlari böyiça ajratiladigan davlat buyurtmasi parametrlari taʼlim yönalişlari kesimida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Qabul körsatkiçlari tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyoj asosida şakllantiriladi. Bunda hududlar va tibbiyot taşkilotlarining ehtiyoji, şuningdek, muayyan mutaxassisliklar böyiça kadrlar yetişmovçiligi hisobga olinadi.

Aholi salomatligini tahlil qiliş ilmiy-tadqiqot markazi esa tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga bölgan joriy hamda kelgusidagi ehtiyojni örganiş böyiça asosiy işçi organ etib belgilanadi.

Şuningdek, 2027-2028 öquv yilidan «davolaş işi» bakalavriat yönalişi negizida 6 yillik «umumiy tibbiyot» bakalavriat yönalişi yölga qöyiladi. Taʼlim «5+1» şaklida taşkil etilib, bitiruvçi kurs talabalari bir yil davomida töliq amaliyot ötaydi.

Hozirda «davolaş işi» yönalişining tegişli bosqiçlarida öqiyotgan talabalar uçun esa taʼlim jarayoni yangi moslaştirilgan öquv reja va dasturlar asosida taşkil etiladi.

«Umumiy tibbiyot» yönalişi bitiruvçilariga umumiy amaliyot şifokori kvalifikatsiyasi beriladi. Ular belgilangan tartibda oilaviy şifokor lavozimida işlaşi mumkin böladi.

Bundan taşqari, tibbiyot sohasidagi barça bakalavriat yönalişlarida bitiruvçi kurs talabalarining töliq öquv yili davomida amaliyot ötaşi yölga qöyiladi.

Stomatologiya yönalişidagi talabalarning amaliy maşğulotlarini taşkil etiş uçun esa tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga stomatologiya poliklinikalari biriktirib beriladi.