“5 daqiqa”da 2000-yillarning eng yaxşi asari – Uluğbek Hamdamning “Isyon va itoat” romani haqida gaplaşamiz.
Yuqorida aytganimiz – asar qahramoni Akbar muallim qamoqdan çiqqanidan söng yana öz kasbiga qaytişni xohlaydi. Ammo ötmişdagi tamğa unga barça eşiklarni yopadi. Inson uçun eng oğir holatlardan biri ham şu: özini kerakliman deb his qilgan joyidan çetlatilişi. U ozodlikka çiqadi, ammo qalbi haqiqiy mahkumga aylanadi.
U adoqsiz isyonlar içida qoladi. Odamlarga, özi yaşab turgan jamiyatga, taqdiriga qarşi qattiq isyon qiladi.
Bu isyon faqat Akbargagina tegişli emasdi. Öz kasbi bilan yaşaşni istagan, lekin şaroit boşqa yöllarga burgan odamlar köp edi. Kimdir öz şahrini tark etardi, boşqasi çet elda mardikorçilik qilardi, ayrimlar öz salohiyatiga mos bölmagan mehnatga könikadi.
Demak, Akbarning isyoni faqat qamoqxonadan, suddan yoki bitta voqeadan paydo bölmagan. Uning isyoni asta-sekin hayotning öziga qarab kengayib boradi. Çunki u jamiyatda insonning qadrsizlanişi, adolatning köziga römolça boğlab qöyilgani odatiy hol edi.
Bunday muvozanatsizlik insondagi yuzaki – moddiy isyonni, siz-u biz körib turgan norozilikni namoyon qiladi. Biroq roman esa yanada içkariroqqa kiradi. Kitob özini anglaşga urinayotgan, hayot maʼnosini izlayotgan odamlarning isyoni haqida hikoya qila boşlaydi.
Masalan, Larisa xola yoşligida hayotning lazzatlariga berilib yaşagan, gözallikning ötkinçi ekaniga işonmagan ayol. Farzand körişni istamaydi, köngil mayli bilan yaşab qolmoqçi böladi. Vaqt kelib tanişlar, köngil ovlovçilarning barçasi uni tark etadi. Uning hayotga qarşi isyoni şu tarzda sinaladi.
Odatda köpçilik taqdirlar bir-birini takrorlaydi. Diana ham dastlab xuddi şu yöldan yurib köradi...
Tursunboy jontalaş esa mutlaqo boşqa olam. Butun umrini mehnat bilan ötkazadi. Uning uçun rözğor, dala, uy-joy – hayotning haqiqiy maʼnosini anglatadi. Biroq inson bunday yaşaş uçun ham tuğilmagan.
Ayniqsa Akbar va uning ustozi Tabib örtasidagi munosabatlar asar mohiyatini anglaşda juda muhim. Tabib unga “safarga otlan” deydi. Bu gapning maʼnosini Akbar darhol anglab yetolmaydi. U avvalo taşqi yölga çiqadi: boşqa şaharlar, begona odamlar, oğir kunlar, yangi munosabatlar uning hayotiga kirib keladi. Ammo asta-sekin maʼlum böladiki, haqiqiy safar odamning öz içiga qilgan safaridir.
















