Şavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanişdi.

Prezident qaroriga muvofiq, hududdagi tibbiyot muassasalarini xususiy sektor iştirokida ilm-fan, taʼlim va amaliyotni birlaştirgan yagona innovatsion klasterga aylantiriş belgilangan. Ana şu maqsadda 4,6 gektar maydonda umumiy qiymati 154 milliard söm bölgan zamonaviy majmua barpo etildi, 80 ta yangi iş örni yaratildi.

c022982d-ee15-c70c-487e-663c53a02752_lists_slider_9633
Фото: Президент матбуот хизмати

Akademiyada yiliga 3 ming nafar şifokor hamda 6 ming 800 nafar örta tibbiyot va farmatsevtika xodimi malakasini oşiriş imkoniyatiga ega böladi.

Şuningdek, har yili Orolböyi mintaqasidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi. Ularning taʼlim olişi va yaşaşi uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uçun 72 örinli zamonaviy mehmonxona faoliyat yuritmoqda.

8a25519f-962b-e629-d7d9-96bc260a799c_lists_slider_9633
Фото: Президент матбуот хизмати

Amaliy könikmalarni rivojlantiriş uçun 18 ta simulyatsion xona taşkil etilgan. Ularda 50 dan ortiq yönaliş böyiça raqamli va simulyatsion taʼlim yölga qöyilgan bölib, mutaxassislarni 100 dan ziyod tibbiy amaliyot böyiça xalqaro standartlar asosida tayyorlaşga xizmat qiladi.

Muassasa zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xususan, bu yerda Markaziy Osiyoda yagona bölgan “Edge Medical” jarrohlik roboti örnatilgan. U simulyatsion öquv maşğulotlarini ötkaziş bilan birga real klinik şaroitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajariş imkonini beradi.

7bec19fa-6eb7-e138-e98d-5efc601262e6_lists_slider_9633
Фото: Президент матбуот хизмати

Akademiya nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari va yetakçi universitetlar, jumladan, AQŞning Pittsburg hamda Germaniyaning Frayburg universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro öquv kurslari va qöşma ilmiy tadqiqotlar taşkil etilib, telemeditsina va raqamli taʼlim texnologiyalari joriy qilingan.

Davlat rahbari akademiyaning amaliy maşğulot xonalarini közdan keçirdi, talabalar va soha xodimlari bilan muloqot qildi.