1809-yilda fransuz imperatori Napoleon Bonapart Avstriya bilan uruşga tayyorlanayotgandi, ammo uning general Ogyust de Marmon boşçiligidagi saralangan qöşinlari asosiy kuçlardan ajralib qolgandi. Napoleon ögay öğli, Italiya vitse-qiroli Ejen de Bogarnega general bilan boğlanişni buyuradi. U esa de Marmonga harbiy reja aks etgan şifrlangan maktub yuboradi. Şifr kaliti saqlanib qolmagani tufayli uning mazmuni 200-yildan ortiq vaqt davomida nomaʼlum bölib qolayotgandi. GPT-6 Astra neyron tarmoği esa uni taxminan olti soat içida öqib çiqdi.

SentinelOne kompaniyasining sunʼiy intellekt muhandisi va kiberxavfsizlik böyiça mutaxassisi Karter Çerç GPT-6 Astra yordamida xatni rasşifrovka qila oldi, bu haqda u öz blogida maʼlum qilgan.

Napoleon bu maktubni 1809-yilda öz generali Ogyust de Marmonga yuborgandi. 1969-yilda uşbu xat nusxasi fransuz armiyasi jurnalida çop etilgan. Çerç uni Cryptiana tarixiy kriptografiya blogi orqali topib olgan. U yaqinda neyron tarmoği Ikkinçi jahon uruşi davridagi «Enigma» şifrlaş maşinasi xabarini oçiqlay olganidan xabar topib, Napoleonning xatini ham GPT-6 Astra orqali öqişga qaror qiladi.

J. Vilcoq, «Le Chiffre sous le Premier Empire,» Revue historique des Armées 25(4), 1969, pp. 22–27
Napoleonning de Marmonga maktubi

Astra rasşifrovka uçun olti soat atrofida vaqt sarfladi. Napoleonning maktubi gomofonik şifr yordamida tuzilgan bölib, unda har bir harfni ifodalaş uçun bir neçta şartli belgilar közda tutilgan. 33 ta belgi avvalroq rasşifrovka qilingandi. Astra xatni qatorlarga ajratdi, undagi 175 ta qölyozma belgini tanidi va nomaʼlum belgilar uçun qiymatlarni körib çiqib, ulardan haqiqatga öxşaş matn çiqişini tekşiriş orqali şifrni buza oldi.

Nazariy jihatdan, buni qölda ham bajariş mumkin edi, ammo bu juda uzoq çöziladigan va maşaqqatli jarayon bölardi, deya qayd etadi The Telegraph.

Maʼlum bölişiça, Napoleon de Marmonga yuborgan maktubida fransuz qöşinlarining Avstriya bilan uruş boşlanişidan oldingi joylaşuvi va miqdori bayon qilingandi. Imperator generalini avstriyaliklar qayerga hujum qilmoqçi ekanidan ogohlantirib, uni duşman qarşisida ortga çekinmaslikka çaqiradi. «Jangga kiriş haqida buyruq olganingizda bir neça harbiy otryadlar yoki qora xalq tödasi sizni çöçitişiga yöl qöymang», – deya yozgandi Napoleon.

De Marmon uçun 1809-yilgi uruş muvaffaqiyatli yakunlanadi: u fransuz qöşinini Dalmatsiyadan (hozirgi Xorvatiya hududi) olib çiqib, Napoleonning asosiy kuçlari bilan qöşiladi va kampaniya doirasidagi sönggi yirik jangda iştirok etadi. Ğalabadan keyin Napoleon unga marşal unvonini beradi.