YouTube’dagi videosdebarraquito foydalanuvçisi öz kanalida video e'lon qildi, unda qanday qilib Siri ovozli yordamçi yordamida iPhone’ni buzib kiriş mumkinligi körsatilgan.

Videoda qurilmani oçiş kodini bilmay turib, smartfon telefon kitobidan kontakt ma'lumotlarni qanday qilib oliş mumkinligi körsatiladi - buning uçun siz uşbu iPhone’da faollaştirilgan telefon raqamini bilişingiz kerak.

Parolni kiritmasdan telefon kitobidan ma'lumotlarni köriş uçun, Siri yordamida VoiceOver dasturini yoqiş, telefonga qönğiroq qiliş va xabar yordamida qönğiroqni taşlaş kerak böladi. Şundan keyin kontaktlar röyxatiga kiriş imkoni yuzaga keladi.

Uşbu kamçilik sentabr oyining örtalarida taqdim etilgan iOS 12 operatsion tizimida topildi.