Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya mamlakatga kelayotgan ba'zi ishchilarga imtiyozlarni bekor qildi
Britaniya vazirlar mahkamasi mamlakatning Yevropa ittifoqi (YeI) tarkibidan chiqqanidan keyingi migratsion siyosat loyihasini ma'qulladi. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, vazirlar mahkamasi Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Sajid Jovidning loyihasini ko‘rib chiqdi. Unda mamlakatda ishlashni istaganlar uchun cheklovlar tartibga solinadi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, hujjat asosan yuqori malakali ishchi kuchiga tegishli.
Buyuk Britaniya boshqa mamlakatlardan ishchilarni qabul qilishda davom etadi, ammo endi YeI fuqarolari ilgari ko‘zda tutilgan qo‘shimcha imtiyozlarni olmaydilar. Financial Times’dan aniqlik kiritishlaricha, Britaniya hukumati Brexit’dan keyin Yevropa davlatlari bilan yaqin savdo hamkorligi bo‘yicha bitim tuzgan taqdirda, bu holat o‘zgarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yevroskeptiklar Meyning Brexit bo‘yicha rejasini boykot qilishmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026