Özbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflarining oşirilişi haqidagi masala muhokama etilmoqda. Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ham şu haqida gap bordi.

Tadbir davomida «Özbekneftgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisi örinbosari Odil Temirov ayni paytda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda gaz bahosini kötariş masalasi muhokama etilayotganini aytib ötdi.

Foto: XPK

Temirovning ta'kidlaşiça, aholi uçun 1 kub metr tabiiy gazning qiymati 289,7 sömdan 320 sömgaça (oşiş 10 foiz), korxonalar uçun 600 sömgaça yetişi mumkin. Bu holatda 1 kVt⋅soat elektr energiyasining narxi aholi uçun 228,6 sömdan 250 sömgaça (oşiş 9,4 foiz), yuridik şaxslarga 470 sömgaça oşirilişi mumkin.

Ilgariroq «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Şarifjon Tursunov ayni paytda gaz narxini oşiriş uçun aniq ma'lumotlar yöqligini ta'kidlab ötgan edi.

«Gaz narxlarining oşişi aniq emas. Narxlar oşişini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining kötarilişi yoki özgarişini «Öztransgaz» hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala», — degan edi u.

Darvoqe, tadbir davomida tariflarning past darajada ekanligi qonunçilik amaliyotida elektr energiyasidan oqilona foydalanmaganlik uçun iqtisodiy sanksiyalar qöllaş amaliyoti körsatib ötilmagani bilan birgalikda iste'molçilar tomonidan undan xöjasizlarça, jumladan, sutkaning yoruğ qismida ham yoritiş uçun elektr energiyasidan nooqilona foydalanişga sabab bölayotgani aytib ötildi.